Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkinning fikriça, Rossiyaga yanada kuçliroq siyosiy bosim ötkaziş mumkin.

Bu haqda u Deutsche Welle’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Köproq siyosiy bosim kerak. Rossiyaning noodatiy tahdidlariga: energetika, kibertexnologiyalar va boşqa sohalarda qarşi turiş variantlari bölişi mumkin», - deya ma'lum qildi Klimkin.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, «Rossiya tahdidiga» qat'iy javob talab etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Germaniya sobiq kansleriga nisbatan sanksiyalar joriy etişga çaqirgandi.