Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya aviatsiyasi aviazarbalari natijasida köplab oddiy odamlar halok böldi va yana 15 nafar kişi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu Suriya muxolifati vakili Abu Rayodaga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Xmeymim aviabazasidan havoga kötarilgan Rossiya harbiy-kosmik kuçlarining Su-24 samolyoti viloyat janubidagi Xas aholi punktidagi qoçqinlar lageriga ikki marta aviazarba bergan. Qayd etilişiça, uşbu hudud Suriyadagi keskinlikdan xoli zona tarkibiga kiradi.

Naşrning körsatişiça, Idlib va Xama viloyatlaridagi aholi punktlariga berilgan aviazarbalar natijasida sönggi ön kun içida 30dan ortiq inson halok böldi va yana 66 kişi jarohat oldi.