Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda olcha guli mavsumi (foto+video)
Odamlar olcha gullarini odatda Yaponiyadagi bahor mavsumi bilan bog‘lashadi, biroq Xitoydagi olcha gullari ham shu qadar ko‘zni qamashtiradiki, ular hatto milliy ramzga aylanishi ham mumkin. Mamlakat aprelga yaqin rang-barang gullar ummoniga burkanadi.
Butun dunyo sayyohlari bahorning bu ajoyib tuhfalaridan baxra olish uchun turli yerlardan tashrif buyurishadi. Yunnan provtntsiyasidagi Kunmin bog‘ida 7 mart kuni XIX Olcha guli festivaliga start berilgan bo‘lib, u 7 aprelga qadar davom etadi. Shanxaydagi Olcha guli festivali 16 martdan 15 aprelgacha Guchun parkida bo‘lib o‘tmoqda, u yerda 82 xil navli 12 ming olcha daraxtining gullagan davriga guvoh bo‘lib, zavq olish mumkin. Boredpanda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining Xitoydagi olcha daraxtining gullagan mavsumiga doir suratlari va videosi bilan bo‘lishdi. Ko‘ring va zavq oling!
Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026