
Hozirgi paytda harakatlaniş uçun eng qulay vosita bu – avtomobil. Bugungi jamiyatni avtomobillarsiz tasavvur qilib bölmasa kerak. Xoh şaxsiy, xoh jamoat transporti bölsin, yölimizni yaqin qilib turibdi.
Tabiiyki, maşina degani yoqilğisiz joyidan jilmaydi. Köçalarimizda xuddi çumolidek harakatlanayotgan yuz minglab transport vositalari kuniga juda katta hajmdagi metan gaz, benzin, dizel yoqilğisi va propan gaz işlatadi.
Qiş mavsumida yoqilği tanqisligi, ayniqsa gaz quyiş şoxobçalaridagi turnaqator navbatlar haqida köp bora bong urdik. Maqolalarimiz ba'zida samara keltirib, insonlarga nafi tekkani ham bor gap. Mazkur maqolada esa, metan gaz yoqilğisi bilan boğliq boşqa muammoga töxtalamiz.
«Vodiylarni ulovda kezganda...»
Yoşi uluğlarimiz bejiz «Yurgan daryo...» demaydilar. Vodiyning Andijon, Farğona va Namangan viloyatini aylanib, körinişidan oddiy, lekin haydovçilarni taajjubga soladigan hodisaga guvoh böldik. Maşinada borar ekansiz, har ön-ön beş kilometrda bir yoqilği quyiş şoxobçasiga duç kelasiz.

Hozirgi paytda yöllarimizda harakatlanayotgan avtomaşinalarning katta qismi metan gaz bilan yuradi. Katta yöl böylaridagi yoqilği quyiş şoxobçalarida esa turli narxlarni körasiz. Quyidagi tahlil faqat metan gaz narxi bilan boğliq. Benzin va propan gaz yoqilğisi narxi alohida mavzu.


Xususan, Namangan şahri va şaharga yaqin joylardagi, xalq tili bilan aytganda «bir litr», ya'ni 1m³ metan gaz narxi 1390-1400 söm narxda quyilmoqda. Viloyat markazidan uzoqlaşganingiz sari narx qimmatlaşib boradi. Çekkaroq tumanlarda 1500 sömgaça ekan.

Farğona viloyatida metan gaz narxi qimmatroq. Qöqon va Marğilonda bir xil 1700 söm. Deyarli barça şoxobçalarda mana şu narx.



















