Toşkentda yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşda axborot texnologiyalaridan keng foydalaniş öz samarasini bera boşladi. Şahar IIBB YHXBning saytida yöllardagi huquqbuzarliklar böyiça mobil ma'lumot beriş imkoni taqdim etilgani şahar köçalarida qoidabuzarliklarga qarşi kuraşişda yordam bermoqda. IIV rahbari örinbosari, Toşkent ŞIIBB boşliği Rustam Jörayev Yakkasaroy tumanida ötkazgan oçiq muloqotida şu haqda ma'lum qildi.
“YHXB öz saytini oçdi. Unda bir funksiya kiritilgan, “mobil muxbir” degan. Haydovçilar avtomobillariga örnatilgan videoqayd qiliş moslamasi orqali qayd qilingan qoidabuzarlikni boşqarmaga taqdim etişlari mumkin. 18 kun içida 60ta şunday videolavha keldi. Ularning 51tasi böyiça holatlar tasdiqlandi. Ularga ma'muriy bayonnomalar tuzildi. 51 holat böyiça 34 mln sömlik jarimalar solindi”, - deya ma'lum qildi ŞIIBB boşliği Rustam Jörayev.

















