Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi teraktda o‘zini garovdagi odamlar bilan almashtirgan politsiyachi vafot etdi
Fransiya janubidagi Treb shahrida odamlar garovga olinishi vaqtida o‘zini asirlar bilan almashtirgan politsiya zobiti shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Fransiya IIV rahbari Jyerar Kollon tvitterdagi sahifasida xabar bergan.
«Podpolkovnik Arno Beltram hayotdan ko‘z yumdi... Fransiya uning qahramonligi, jasurligi va o‘zini qurbon keltirganini hech qachon unutmaydi», - deya yozdi Kollon.
Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ham fransiyalik politsiyachilarni teraktdagi harakatlari uchun maqtagandi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning Treb kommunasida joylashgan supermarketda juma, 23 mart kuni odamlar garovga olindi, Saloh Abdusalomni ozod etish talabi qo‘yildi. Terakt natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana 16 inson jarohatlandi. Terrorchi hujum vaqtida yo‘q qilindi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026