Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (YuNICeF)ning Özbekistondagi vakolatxonasi «Özbekiston Respublikasida sifatli maktabgaça ta'limni kengaytiriş uçun imkoniyat yaratişda innovatsion yondaşuv» mavzusida konferensiya ötkazmoqda.
Davlat va xususiy sektorning 300 nafardan ziyod vakillari davlat hamda xususiy sektor örtasidagi hamkorlik orqali Özbekistonda maktabgaça ta'lim tizimini takomillaştiriş va kengaytiriş yöllarini muhokama qildi. Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari, Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Qahramon Akmalov, maktabgaça ta'lim vaziri Agrepina Şin, YuNICeFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann, şuningdek turli vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari konferensiyada iştirok etdi.
Konferentsiyaning asosiy maqsadi Özbekiston Respublikasida sifatli maktabgaça ta'limdan foydalaniş imkoniyatlarini rivojlantiriş va kengaytiriş istiqbollarini belgilaş, bolaning rivojlanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, ta'lim-tarbiya jarayonida innovatsion tajribalarni joriy etişga kömaklaşişdir.

Konferentsiya iştirokçilari davlat va xususiy sektor örtasidagi hamkorlik orqali Özbekistonda maktabgaça ta'lim tizimini takomillaştiriş va kengaytiriş usullarini, şuningdek maktabgaça ta'lim muassasalarining ta'lim faoliyatini boşqarişning zamonaviy yondaşuvlarini muhokama qildilar. Ular Özbekistonda davlat-xususiy sektor hamkorligini amalga oşirişning taşkiliy masalalarini va mexanizmlarini körib çiqdilar va maktabgaça ta'lim muassasalarida ta'lim va rivojlaniş muhitini yaxşilaş böyiça tavsiyalar berdilar. Xalqaro ekspertlar uşbu sohadagi ilğor xalqaro tajribani taqdim etdilar.
«Ilğor xalqaro amaliyotlar şuni körsatadiki, kiçik yoşli bolalarga sarmoya kiritiş uzoq muddatli eng yaxşi sarmoyadir, biroq 3-7 yoşdagi 2,6 million bolani maktabgaça ta'lim bilan ta'minlaş, ulardan 70% maktabgaça ta'lim muassasalariga bormasligini e'tiborga olgan holda, oson vazifa emas», - dedi YuNICeFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann.
Maktabgaça ta'lim vazirligi bolalarning erta ta'limini ustuvor masala qilib qöygani va Özbekistonda universal maktabgaça ta'limni ta'minlaş maqsadida davlat-xususiy sektor hamkorligining innovatsion modellarini körib çiqayotgani e'tiborga loyiqdir.


















