Oila – hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta'minlovçi qadriyatlar beşigi, kelajak nasllar uçun betakror tarbiya qörğonidir. Şu bois, oila xalqimizda qadim zamonlardan muqaddas sanalib kelingan va şunday bölib qoladi. Zero, xalqning, millatning kelajagi aynan oila bilan çambarças boğliq. Çunki har bir inson oilada tuğiladi va voyaga yetadi. Har bir bolaning kelajakda kim va qanday inson bölib kamol topişida oila muhim örin tutadi.
Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida oila öziga xos ijtimoiy birlaşmani taşkil etadi. Oilaning bu xususiyati uning jamiyat manfaatlari bilan boğliqligi hamda ijtimoiy vazifalarida ifodalanadi.

Şu boisdan ham, mamlakatimizda barça xayrli işlar, ezgu amallar, avvalo, oilalarning farovonligini, totuvligini mustahkamlaş, har tomonlama, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş hamda ularning yoruğ kelajagini ta'minlaş maqsadida amalga oşirib kelinmoqda. Zero, oilada şakllangan soğlom muhit farovon turmuş, osuda hayot tarzimizning mustahkam poydevoridir.
Oliy sud tomonidan oilaviy nizolarning oldini oliş hamda aholining oilaviy masalalardagi huquqiy bilimlarini oşiriş, şuningdek bu borada yagona sud amaliyotini joriy etiş maqsadida tayyorlanib, çop etilgan «Oila va nikoh munosabatlaridan kelib çiquvçi nizolar böyiça sud amaliyoti» amaliy qöllanmasida nikoh tuşunçasi va şakli, nikoh tuziş tartibi va şartlari, bolalarning nasl-nasabi masalasi, ota-ona hamda voyaga yetmaganlarning şaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari, oila a'zolarining va boşqa şaxslarning aliment majburiyatlari, oila qonunçiligida javobgarlik, er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari, nikoh şartnomasi, nikohning tugatilişi, farzandlikka oliş masalalari batafsil va sodda tilda, hayotiy misollar orqali tuşuntirilgan.
Kitob xalq qabulxonalari, mahalla kengaşlari va xotin-qizlar qömitalariga bepul tarqatildi. Kitobning elektron şakli bilan Oliy sudning rasmiy veb-saytida tanişiş mumkin.
















