2018 yil 21 mart kuni Samarqand şahriga kirişda Navröz bayrami munosabati bilan vaqtinça taşkil etilgan «Tösiq» postida «Sindor» ismli şaxs içki işlar organi xodimlarining tasdiqlangan namunadagi maxsus formali kiyim-boşini kiyib va maxsus mayor unvonini taqib olib, YPX xodimiga qöpol va buyruq ohangida özini IIB xodimi deb taniştirib, Içki işlar organlari xodimlariga xos bölmagan xatti-harakatlarni sodir etganda, şu yerda xizmatni olib borayotgan IIB xodimlari, uning harakatlaridan şubhalanib, tekşirib körişganda, bu şaxs aslida IIB xodimi emasligini aniqlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tekşiruvlar davomida, uşbu «soxta mayor»ning şaxsi örganilganda, u Kattaqörğon tumani Yavi mahallasida yaşovçi, muqaddam sudlangan, oilali, ikki nafar farzandi bor, vaqtinça işsiz, Xuşmatov Sindor Baxtiyoroviç ekanligi aniqlandi.
Hozirda viloyat IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Agar Xuşmatov Sindor Baxtiyoroviç özini IIB xodimi deb taniştirib, özganing mulkini yoki özganing mulkiga bölgan huquqni firibgarlik, tovlamaçilik yoki boşqa jinoyat sodir etganligi borasida ma'lumotga ega bölsangiz, tezda Samarqand viloyat IIBning quyidagi işonç telefon raqamiga qönğiroq qilib, xabar berişingizni söraymiz.
Telefonlar: +998 (66) 233-11-11; +998 (97) 390-00-19:
Sizning xabaringiz jinoyat uçun javobgarlikni ta'minlaşga xizmat qilişini unutmang!

















