Özbekiston Musulmonlari idorasida “Hilol naşr” naşriyoti tomonidan bosiladigan Qur'oni Karimning taqdimot marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, şayx Abdulaziz Mansur, boşqa yirik ulamolar, “Hilol naşr” naşriyoti rahbari Ismoilxon Muhammad Yusuf, OAV vakillari qatnaşdi. 

Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbirining ma'lum qilişiça, taqdimot marosimida sözga çiqqan Ismoil Muhammad Sodiq Özbekistonda çop etilayotgan Qur'oni Karim narxini ma'lum qilar ekan, kitob savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga murojaat qilib, suiiste'molliklarga yöl qöymaslikka çaqirdi.

Ismoil Muhammad Sodiq

“Köpçilikning duosi bilan bugungi xursandçilik kunlarga ham yetib keldik. Biz Muşafi şarifning xalqimizga narx va sifat jihatidan qulay yetib borişini jamlaşga harakat qildik. Ertaga Kitob savdoga çiqarilganda turli tuşunmovçiliklar bölmasligi uçun şu minbardan turib e'lon qilib qöymoqçiman. Kitob savdosi bilan şuğullanuvçi birodarlarimizdan ham iltimosimiz bor. 

Allohning Kalomiga xizmat qiliş uluğ baxt. Hammamizga şuni muyassar qilsin. Şu fursatdan foydalanib, aytmoqçimanki, suiiste'mol qilmaslikka, Allohning Kalomiga xizmat bölsin, deb harakat qilişga çaqiraman. Töğri xarajatlarimiz bor, ammo şunga yaraşasini olaylik, lekin sun'iy qimmatlab ketişiga iloji bölsa, barçamiz tösqinlik qilaylik. Alloh Taolo Kalomining hurmatidan boşqa işlarimizning barokatini bersin. 

Bugungi kunda Muşafi Şarifning sotişga tavsiya etiladigan narxi 31 ming söm böldi”. – dedi taqdimot marosimida sözga çiqqan noşir Ismoil Muhammad Yusuf.