Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» futbolchisi jamoa yetakchilaridek maoshni talab qilib chiqdi
Foto: AFP
«Barselona» himoyachisi Samyuel Umtiti yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Dario Gol nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, fransuz o‘zining oylik maoshini jamoa yetakchilari Luis Suares va Andres Inestanikidek bo‘lishini so‘ramoqda. Agar bu talab qondirilmaydigan bo‘lsa, u o‘ziga yangi klub qidirmoqchi.
Qayd qilinishicha, Umtitining jamoada qolishini transferlar bo‘yicha katta ta'sirga ega ekani aytiladigan Lionel Messining shaxsan o‘zi xohlamoqda.
«Barselona» Umtiti jamoaga kelib qo‘shilganidan buyon, u tarkibda bo‘lganida faqat bir martagina mag‘lubiyatga uchragan. Futbolchining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasida tovon puli 60 million yevro deb ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026
«Barsa» va «Siti» o‘tish o‘yinlariga qoladimi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat
12:32 / 22.01.2026