Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyaga tegishli va kelib chiqishi shubhali bo‘lgan mulklarni xatlovga oladi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Skripal ishi tufayli Rossiyaga tegishli va kelib chiqishi shubhali bo‘lgan mulkini xatlovga olish uchun order berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Shubhali mulklarni xatlovga olish uchun orderlar berildi. Buyuk Britaniyada ularga nisbatan yaqinda yangi qonun amal qilishni boshladi. Bizning maqsad – tushunarsiz tarzda olingan istalgan mulkni hisobga olishni ta'minlash, hamda buning uchun kerakli qadamlar qo‘yilmoqda», - deya aytib o‘tdi Uilyamson Estoniya poytaxti Tallindagi matbuot anjumanida.
Vazir Londonning Rossiyaga nisbatan keyingi qadamlari haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripal zaharlanishi yuz bergan kun haqida yangi ma'lumot paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026