«Lukoyl» O‘zbekistonda 2018 yilda Qandim gazni qayta ishlash kompleksi (GQK)ning ikkinchi navbatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya materiallarida aytiladi.

Ikki navbatning umumiy quvvati yiliga 8,1 milliard kubometrni tashkil etadi. Qandim GQKning birinchi navbati o‘tgan yili ishga tushirildi.

«Lukoyl» «Qandim-Xauzak-Shodi» MBK doirasida «O‘zbekneftgaz» MXK bilan birgalikda Qandim konlar guruhini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda. Qandim guruhiga oltita gaz kondensati koni kiradi - Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsanko‘l, Xoji va G‘arbiy Xoji kiradi. Quvvati yiliga 8,1 mlrd kubometr gaz bo‘lgan Qandim GQK tozalangan tabiiy gaz, barqaror gaz kondensati, shuningdek, qumoq oltingugurt olish imkonini beradi.