AQŞ sobiq prezidenti Jimmi Karterning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar yetakçisi Donald Tramp impiçmenti ğoyasiga salbiy munosabatdadir. Bu haqda u CBS’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Men unga nisbatan impiçment bölmasligi hamda u öz muddatini oxirigaça işlaşini xohlardim, sababi u yaxşi işlarni amalga oşirmoqçi. Hamda men, agarda bunga qodir bölsam, unga yordam berişni juda istayman», - deya ma'lum qildi Karter.

Uning qöşimça qilişiça, Tramp «öz muddatini oxirigaça işlaydi, suriştiruv böyiça maxsus prokuror Robert Myuller unga qarşi jinoiy ayblovlar qöymaydi».

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ sobiq prezidenti Jyeyms Erl (Jimmi) Karter Qöşma Ştatlar amaldagi yetakçisi Donald Trampga Şimoliy Koreya bilan muzokaralarda yordam berişni xohlaşi haqida ma'lum qilgandi.