AQŞ Davlat kotibi örinbosari Tomas Şennon Afğoniston masalasini «Tolibon» harakati vakillarisiz hal qilib bölmasligini ta'kidlamoqda. Uning aytişiça, «Tolibon» harakati muzokaralar yakuniga yetgunga qadar har qanday qurolli töqnaşuvlarni töxtaşi lozim.

Anjumanda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Afğoniston masalasida barça manfaatli tomonlar bilan murosa zarurligini ta'kidlagan.

«Uzoq yil davom etgan uruşlar mamlakatni holdan toydirdi. Bugunga kelib, uning tinçligi va mintaqada barqarorlikka erişiş uçun AQŞ barça kömakni berişga tayyor», deydi u.

Eslatib ötamiz, 26-27 mart kunlari Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Tinçlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya​da «Tolibon» harakati​ vakillari iştirok etmayapti.