Özbekiston mintaqa davlatlari, xususan, Afğoniston bilan özaro hamkorlikni izçil rivojlantirmoqda. Şu kunlarda poytaxtimizda «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik» mavzuida Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferensiyasi bölib ötmoqda. 

Unda iştirok etiş uçun kelgan AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon bu haqda ÖzA muxbiriga intervyu berdi: 

– Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim örin tutadi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, özaro qöşnilik aloqalarini mustahkamlaş, çegara, suv resurslaridan oqilona foydalaniş bilan boğliq masalalarga tezkor yeçim topiş borasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaymiz. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan bugungi uçraşuvni özim uçun şaraf, deb bilaman. Suhbatimiz keng qamrovli va juda mazmunli ötdi. Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş, uşbu mamlakatning tinç rivojlanişini ta'minlaşga kömaklaşiş ğoyat muhim ahamiyatga ega. Özbekiston rahbari bilan suhbatda şu masalada hamkorlik imkoniyatlarini körib çiqdik. 

Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent konferensiyasida yirik davlatlar qatorida Markaziy Osiyo mamlakatlarining ham taşqi siyosat mahkamalari rahbarlari iştirok etayotgani uşbu muammoni hal etişga xalqaro miqyosda naqadar keng yondaşilayotganini körsatadi.