Joriy yilning 28-29 oktabr kunlari Amerika Qöşma Ştatlari davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon Özbekistonga taşrif buyurgani haqida xabar qilingan edi.

Amerikalik yuqori lavozimli mehmon safar dasturiga binoan, 29 oktabr kuni Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi bilan tanişdi. Taşrif çoğida T.Şennon Assotsiatsiyaning yangi binosi va sport inşootlari (sport zallari, futbol maydoni, suv havzasi) bilan tanişdi hamda Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan XV Paralimpiya öyinlarida ğolib bölgan özbekistonlik paralimpiya sportçilari bilan uçraşuv ötkazdi. 

Uçraşuv davomida özbek paralimpiya sportçilari mehmon bilan suhbatda Paralimpiya öyinlarida olgan taassurotlari bilan örtoqlaşib, Özbekiston hukumati tomonidan ularga qölga kiritgan ulkan yutuqlari uçun körsatilgan e'tibor va moddiy rağbatlantiriş haqida sözlab berişgan. 

Uçraşuv yakunida T.Şennon Assotsiatsiyaning muzeyida joylaşgan eksponatlar bilan tanişib, mehmonlar daftariga öz tilaklarini yozib qoldirdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Milliy Paralimpiya Assatsiatsiyasi matbuot xizmati.

Uşbu tadbirda Özbekiston Respublikasi Hukumati, Özbekiston Respublikasi Taşqi Işlar Vazirligi, Özbekiston Milliy Olimpiya Qömitasi, Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi vakillari hamda Özbekistondagi Amerika Qöşma Ştatlari elçisi iştirok etdilar.