Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 29 oktabr kuni AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennonni qabul qildi. Bu haqda ÖzA axborot agentligi ma'lum qildi.
Şavkat Mirziyoyev mehmonni yurtimizga taşrifi bilan samimiy qutlab, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Özbekiston xalqiga çuqur hamdardlik izhor etgani va qöllab-quvvatlagani uçun AQŞ Prezidenti Barak Obama va Davlat kotibi Jon Kerriga samimiy minnatdorlik bildirdi.
AQŞ delegatsiyasi a'zolari 28 oktabr kuni Samarqandda bölib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirişdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Özbekiston-AQŞ munosabatlari özaro hurmat va işonç, özaro manfaatlarni inobatga oliş tamoyillari asosida izçil, muvaffaqiyatli rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini ta'kidladilar.
An'ana tusini olgan siyosiy maslahatlaşuvlar doirasida tomonlar özaro munosabatlarga doir keng kölamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar, jumladan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşib kelmoqda. Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan barqarorlaştiriş jarayoni va uşbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Tomonlar savdo, sarmoya va yuqori texnologiyalar sohalaridagi özaro manfaatli hamkorlikka yuksak baho berdilar. Bugungi kunda Özbekistonda AQŞning «General Motors», «Boeing», «General Electric», «Honeywell», «Hyatt», «Hilton» kabi köplab yetakçi kompaniyalari samarali faoliyat yuritmoqda. Amerika-Özbekiston savdo palatasining aniq maqsadli faoliyati keng miqyosdagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va kengaytirişga xizmat qilmoqda.
Suhbat çoğida Özbekiston va Amerika Qöşma Ştatlari mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barça istiqbolli yönalişlarda şeriklik va hamkorlikni izçil mustahkamlab, kengaytirib boriş uçun zarur imkoniyat va salohiyatga ega ekani qayd etildi.
AQŞ delegatsiyasi rahbari Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, fuqarolik jamiyati asoslarini va demokratik qadriyatlarni mustahkamlaşga qaratilgan ulkan özgarişlarning yorqin natijalarini yuksak baholadi.
Yoşlar, turli diniy konfessiyalar va keng jamoatçilik vakillari bilan oçiq va samimiy suhbatlar, ularning ertangi kunga işonçi, intiluvçanligi, qat'iyati va ğayrat-şijoati mehmonda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinçlik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bağrikenglik muhiti diqqatga molik ekani alohida ta'kidlandi.

















