Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya TIV JCh-2018ni boykot qiladi
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishopning ma'lum qilishicha, Rossiyada futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatiga bormoqchi emas.
«Sanktsiyalariga keladigan bo‘lsak, Avstraliya Rossiyaga nisbatan qator shaxsiy sanksiyalarni joriy qildi. Xususan, Qrim noqonuniy egallab olinishidan so‘ng kiritilganlar ham shular jumlasidan. Bu sanksiyalar qayta ko‘rib chiqildi va yangilandi, bizda Rossiyadan bo‘lgan qator jismoniy shaxslar hamda tashkilotlarga nisbatan ham sanksiyalar bor», - deya Bishopning so‘zlarini keltiradi Fox Sport Australia.
Shuningdek, Avstraliya TIVdan xabar berishlaricha, Buyuk Britaniya hukumati bilan aloqada bo‘lib turishibdi.
«Bu hodisalar Rossiya hukumatining o‘ylamasdan ish ko‘rishi va tajovuzkorligidan darak beradi. Jahon chempionatini boykot qilish – amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan navbatdagi qadamlardan biri», - deya aytib o‘tdi Bishop.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026