Xiaomi MI MIX 2 S yangi smartfoni, Mi Gaming Laptop noutbuki va Mi AI Speaker mini “aqlli” kolonkani rasman taqdim etdi. Taqdimot Şanghayda bölib ötgan.

Xiaomi rahbari Ley Çjun qiymati 3299 yuan (taxminan 527 dollar)dan boşlanuvçi MIX 2S’ni taqdim etdi. Ramkasiz smartfon olti dyuymli ekran va Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bilan jihozlangan.

Foto: Xiaomi 

Bundan taşqari, MIX 2S ikkita kameraga ega, ular qurilmaga iPhone X bilan raqobatlaşişga imkon beradi. Ikkilamçi orqa kamera kengligi 12MP.ga teng, Sony’dan IMX636 yangi datçigi va sun'iy idrok tizimi smartfonga qoronğulikda ham suratga oliş imkonini beradi.

Avvalgi versiya - Mi MIX 2’dan farqli tarzda smartfon Qi simsiz quvvatlantiriş uskunasi va ARCore qöşimça reallik elementlari bölgan ilovalarni yaratiş uçun platformaga ega böldi.

Foto: Xiaomi 

Mi Gaming Laptop’ning qalinligi 20,9 mm bölib, Intel Core i7 7700HQ çipi hamda NVIDIA GTX 1060 videokartasiga ega. Displey diagonali 15,6 dyuymni taşkil qiladi, qurilmada Dolby Atmos Hi-Res audiotizimi mavjud.

Noutbuk 16 GB operativ xotira, SSD’da 256 GB hamda HDD’da 1 TB.ga ega. Uning narxi 5999 yuan (taxminan 960 dollardan) boşlanadi.

Foto: Xiaomi 

Mi AI Speaker Mini “aqlli” kolonkasi Xiaomi’dan sun'iy idrok texnologiyasiga ega ovozli yordamçiga ega. U 27 dollar turadi.