Özbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Maqsud Şayxzoda 1908 yil 25 oktabrda Ozarboyjonning Oqdoş şahrida tavallud topgan. Şoir 1928 yilda Toşkentga kelib, umrining oxiriga qadar poytaxtda yaşab, ijod qilgan. U bu şaharni ikkinçi vatani deb bilgan. Şayxzoda «Ön şe'r», «Undoşlarim», «Uçinçi kitob», «Kuraş neçun», «Jang va qöşiq», «Kapitan Gastello», «Köngil deydiki…» kabi şe'riy töplamlari, «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi va boşqa qator publitsistik asarlarni yaratdi.

Maqsud Şayxzoda 1944 yilda, ayni ikkinçi jahon uruşi payti, keyinçalik boşiga köp ğavğolar (özbek xalqining “feodal ötmişini ideallaştiriş”da ayblanib, hibsga olingan) kelişiga sababçi bölgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasini nega yozgan edi?

Taniqli adabiyotşunos Naim Karimovning fikriga köra, uruş yillarida hokimiyat vakillari yozuvçilarni ötmişdagi maşhur sarkardalar haqida asar yozişga da'vat etişgan. Ular bunday asarlar xalq va armiyani ötmişdagi jasur sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olişga da'vat etişi, ularni bu maşhur şaxslarning vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalaşi mumkin degan qaraşda bölişgan. Şunday ijodiy buyurtmani olgan Şayxzoda özbek xalqining jasur farzandlaridan biri Jaloliddin Manguberdi haqida sahna asari yozişga kirişgan. Respublikaning öşa paytlardagi  rahbari Usmon Yusupov şoirning asarini tezroq yakunlaşi uçun uni yurtimizning xuşmanzara maksanlaridan biri Farğona viloyatiga yuboradi. “Boşqa işlar bilan xayolingni bölma. Xalq sendan Jaloliddin töğrisidagi asarni intizorlik bilan kutmoqda. Vodilga borib, uni tezroq tugallab qayt!” deya rahbar şoirni ruhlantiradi. Şunday qilib, Maqsud Şayxzoda rafiqasi Sakinaxonim bilan Farğonaga borib, olti oy içida tarixiy dramani yozadi.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, bunday tarixiy-qahramonlik asarlari öşa davr tuzumi öylagandek bölib çiqmadi. Bu asarlar xalqda özligini anglaş, millati bilan ğururlaniş ruhini uyğota boşladi. Şundan söng garçi buyurtma asosida yozdirilgan bölsa-da bunday asarlar mualliflarini, jumladan Maqsud Şayxzodani ham ötmişni ideallaştirişda ayblab qamoqqa olişdi...

...Buni qarangki, odamlar qalbida vatanparvarlik tuyğusini jöş urdiruvçi, qahramonlik ruhidagi bu asar bugun ham öz ahamiyatini yöqotgani yöq. Oradan köp yillar ötsa ham Şayxzoda domla asarlari öz kuç-qudratini namoyon etib kelmoqda. Yaqinda  şoir Botir Ergaşevning aynan "Jaloliddin Manguberdi" dramasidagi "Uluğvor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtdan yovni quvsa, mendirman öşal" misrasidan ilhomlanib yozgan şe'ri Ozodbek Nazarbekov tomonidan maromiga yetkazib kuylanişi  va bu qöşiq xalqimiz könglidan çuqur örin egallagani bunga yorqin misol.