27 martda Nyu-Yorkdagi avtosalonda “Yilning jahon avtomobili 2018” mukofoti egasini aniqlaş böyiça yakuniy ovoz beriş bölib ötdi. Tanlovga start 2017 yil 19 sentabrda Frankfurtdagi avtosalonda berilgan va u avtomobillar olamidagi barça asosiy tadbirlar böylab ötdi. Ğoliblarni 24 ta davlatdan avtomobillar olamini yorituvçi 82 professional jurnalistdan iborat hay'at tanladi. 

Dastlab 34 ta avtomobildan iborat röyxatdan 10 ta yetakçi avtomobil tanlab olingan. Yaqinda Jyenevada ötgan avtosalonda esa 3 ta finalçi e'lon qilingan, bular: Mazda CX-5, Range Rover Velar va Volvo XC60. Va nihoyat, Nyu-Yorkdagi avtosalonda ğolib aniqlandi: “Yilning jahon avtomobili 2018” nomiga Volvo XC60 maşinasi sazovor böldi.

Foto: volvopassion

Tanlovda mutlaq ğolibdan taşqari bir neçta yönaliş böyiça ham ğoliblar aniqlandi.

Jahonning eng yaxşi avtomobil dizayni 2018 – Range Rover Velar

Foto: Carbon Traders

Jahonning eng ekologik avtomobili 2018 – Nissan Leaf

Foto: Pinterest

Jahonning eng yaxşi sport avtomobili 2018 – BMW M5

Foto: Automarket-News

Jahonning eng yaxşi premium avtomobili 2018 – Audi A8 

Foto: Auto.cz

Jahonning eng yaxşi şahar avtomobili 2018 – Volkswagen Polo