Boş prokuratura huzuridagi soliq valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining Sirdaryo viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan Xovos tumani, Sohibkor QFY, Boğiston MFYda yaşovçi fuqaro A.Boyqöziyevning arizasiga asosan 28 mart kuni ötkazilgan tezkor tadbirda, Yangiyer şahar Davlat arxivining iş haqlari böyiça işlaş bölimi yetakçi mutaxassisi A.Yuldaşev nafaqaga çiqiş uçun iş haqlari töğrisidagi ma'lumotnomani oliş uçun şahar Davlat arxiviga murojaat qilgan fuqaro A.Boyqöziyevga arxivda uning iş haqlari töğrisidagi ma'lumotlari mavjud bölsada, özganing mulkini qölga kiritiş maqsadida, unga arxivda iş haqlari töğrisidagi ma'lumotlar mavjud emasligini aytib aldab, işonçini suiiste'mol qilib, iş haqlari töğrisidagi ma'lumotnomani rasmiylaştirib beriş evaziga 1.500.000 söm pulni pora tariqasida berişni talab qilgan. U 27 mart kuni fuqaro A.Boyqöziyevdan xizmat xonasida 300.000 söm va 28 mart kuni 1.200.000 söm pulni pora tariqasida olgan vaqtida jinoyat ustida uşlangan.
Mazkur holat böyiça Departamentning viloyat boşqarmasi tomonidan A.Yuldaşevga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiyer şahar Davlat arxivining iş haqlari böyiça işlaş bölimi yetakçi mutaxassisi A.Yuldaşev tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati u yaşab kelayotgan Mirzaobod tumani hududida 29 mart kuni mutasaddi idora xodimlari iştirokidagi yiğilişda muhokama qilindi.

















