Özbekistonda tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş, mamlakatni nafaqat taşqi, balki içki tahdidlardan himoya qiliş dolzarb vazifalardandir. Ana şunday omillarning mavjudligi xavfsizlikni ta'minlaş sohasini takomillaştirişni taqozo etdi. Şu maqsadda Davlat xavfsizlik xizmati faoliyati takomillaştirildi, deb yozadi Kun.uz muxbiri.

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev Özbekistonga qöşni davlatning şimoliy hududida IŞID, Tolibonlar harakati, Turkiston islom harakati va boşqa bir qator jangari guruhlarning faollaşuvi, jangovar harakatlarda qatnaşgan Markaziy Osiyo davlatlaridan çiqqan jangarilar turli davlatlar orqali Özbekistonga qaytib kelayotgani masalasi yangi tahdidlarga sabab bölayotganini bildirdi.

«​Undan taşqari qöşni davlatlar bilan çegaralarning oçilişi, Özbekistonga kelayotgan şubhali sarmoyador va sayyohlar sonining kun sayin ortib borayotgani, şuningdek diniy ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, giyohvandlik vositalari, qurol-yaroğlarni olib kirişga urinişlar ehtimoli kuçayib borayotgani ma'lum darajada ma'lum tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.

Bundan taşqari, tahdidlar şaklan turli separatistik kuçlarning faollaşuvi, ularning ayrim çet el maxsus xizmatlari tomonidan moliyalaştirilayotganligida ham namoyon bölmoqda. Diniy sohada berilgan erkinliklarni ayrimlar notöğri talqin qilayotgani oqibatida, diniy aqidaparastlikning kuçayib borayotganligi, ayrim hududlarda salafiylik oqimiga kirib qolayotganlar, soqol qöyişni öziga odat qilib, turli oqimlarga kirişga harakat qilayotgan şaxslar uçrab turibdi»​, deydi Abdullayev.

Ma'lumot uçun, «Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni 9ta bob va 48ta moddadan iborat bölib, mazkur xizmat faoliyatining huquqiy asoslarini yaratib beradi.