Özbekistonlik FIFA referisi Ravşan Ermatov Rossiyada bölib ötadigan JÇ-2018 musobaqalarida iştirok etadigan hakamlarning yakuniy röyxatidan örin oldi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

FIFA tomonidan e'lon qilingan sönggi röyxatdan jami bölib 36 nafar hakam örin olgan. Oldinroq hakamlar qömitasi boşliği Massimo Buzakka taxminan 25-28 nafar hakam tanlab olinişi, şuningdek videotakrorlar böyiça ham hakamlar işlaşini ma'lum qilgandi. Lekin 36 nafar hakamlarning videoassistent yoki maydondagi hakam sifatida ajratib körsatilmagan.

UYeFA - Feliks Brix (Germaniya), Junayt Çakir (Turkiya), Born Keypers (Niderlandiya), Şimon Marçinyak (Polşa), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majiç (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya), Kleman Tyurpen (Fransiya);

Okeaniya - Mettyu Konger (Yangi Zelandiya), Norbert Xauata (Taiti);

KONMeBOL - Julio Baskunyan (Çili), Enrike Kaseres (Paragvay), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Riççi (Braziliya), Vilmar Roldan (Kolumbiya);

OFK - Fahad al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni), Alirizo Fağoniy (Eron), Ravşan ERMATOV (ÖZBeKISTON), Muhammad Abdulla Muhammad (BAA), Sato Ryudzi (Yaponiya) va Navof Şukralla (Bahrayn);

AFRIKA - Mexdi Abid Çaref (Jazoir), Malang Didxiu (Senegal), Bakari Gassama (Gambiya), Gehad Grişa (Yegipet), Janni Sikazu (Zambiya), Bamlak Tessema (Efiopiya);

KONKAKAF: Xoel Agilar (Salvador), Mark Geyger, Jyeyr Marrufo (ikkalasi – AQŞ), Rikardo Montero (Kosta-Rika), Jon Pitti (Panama) va Sesar Arturo Ramos Palasuelos (Meksika).

Eslatib ötamiz, Ravşan Ermatov şu kungaça 2010 va 2014 yillardagi JÇda jami 9ta öyinda boş hakam sifatida işlagandi. Bu borada u rekordçi sanaladi. Heç bir hakam JÇ tarixida Ermatovdan köproq öyinni boşqarmagan.