17:10 / 31.03.2018
3922

Abdulaziz Komilov Belarus elchisi bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2018 yilning 31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzular ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston elchixonasining Minsk shahrida faoliyat boshlashining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Top