Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatga chaqiruv haqidagi buyruqni imzoladi — 2018 yilning aprel–iyul oylarida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 128 ming yigit qurolli kuchlar ixtiyoriga borib qo‘shilishadi, deb yozadi Meduza.
Bu bahorgi chaqiruv so‘nggi 12 yil ichida — Rosstat ma'lumotlariga ko‘ra chaqiruv yoshidagi erkaklar sonining tobora qisqarib borayotganligi fonida eng kam sonlisi bo‘ldi. So‘nggi marta chaqiriluvchilar sonining keskin pasayishi 2011 yilda — RF mudofaa vazirligi armiyadagi shartnomaviy harbiylar sonini oshirishga qaror qilganda ro‘y bergan edi.

2008 yildan buyon Rossiyada barcha turdagi qo‘shinlarda chaqiriluvchilar 12 oylik muddatli harbiy xizmatni o‘tashadi.
















