Jahon | 10:29 / 02.04.2018
19498
1 daqiqa o‘qiladi

«Hamma gap korrupsiyada, befahm». Amerika jurnali Trampga munosabat bildirdi 

Foto: EFE

Amerikaning New York Magazine jurnali o‘zining yangi soni muqovasiga AQSh prezidenti Donald Trampning cho‘chqa obrazidagi suratini joylashtirdi.

Nashr jurnalisti Yashar Ali tvitterdagi sahifasida Trampning shunday suratini joylashtirdi.

«Maxfiy til biriktirish emas. Noprofessionallik ham emas. Shafqatsizlik ham emas. Hamma gap korrupsiyada, befahm», - deyiladi jurnal muqovasidagi yozuvda.

Jurnalning ushbu sonidagi asosiy maqola muallifi Jonatan Chayt «korrupsiya» hamda «ochko‘zlikni» Tramp prezidentligining asosiy jihatlari deb aytgan.

 

Mavzuga oid