AQŞ davlat kotibining birinçi örinbosari Jon Sallivan 1 aprelda davlat departamenti rahbari vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlandi. U bu lavozimni AQŞ senati Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq rahbari Maykl Pompeoni davlat kotibi etib tasdiqlamagunça egallaydi.
AQŞ diplomatiyasining endilikda sobiq rahbari Reks Tillerson AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan 13 martda iste'foga çiqarildi. Öşandayoq Tramp Pompeoni bu lavozimga taklif qilgan. Pompeoning davlat kotibi lavozimiga tayinlanişi jarayoni aprelda senatning taşqi işlar qömitasida bölib ötadi. Agar qömita uning nomzodini qöllab-quvvatlasa, undan keyin unga kongressning yuqori palatasi ovoz berişi kerak böladi.

















