Xorazm viloyat ma'muriy sudining kassatsiya instansiyasi Hikmatulla qori Yusupovni ma'muriy javobgarlikka tortiş töğrisida Urganç tuman sudining qarorini bekor qildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu ma'muriy iş böyiça huquqbuzar, deb e'tirof qilingan H.Yusupovga nisbatan çiqarilgan Jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudining sudyasi B.Hayitboyevning 2015 yil 6 maydagi qarori bekor qilinib, Xorazm viloyat ma'muriy sudining kassatsiya instansiyasi tomonidan ma'muriy işni qöşimça tergovga qadar tekşiriş ötkaziş uçun Urganç tuman IIBga yuboriş lozim, deb topildi.
Şuningdek, Urganç tumani IIB HOOG MTP proflaktika inspektori, leytenant A.X.Matçanovning fuqaro Hikmatulla Yusupovga nisbatan huquqbuzarlik töğrisidagi tuzilgan ma'muriy bayonnomasi ham bekor qilindi.
Bundan taşqari, 2015 yil 21 aprel kuni Jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudining Hikmatulla qorini MJtK 183-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortiş töğrisidagi qarori ham bekor qilindi.
Eslatib ötamiz, imomning rafiqasi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşganida Jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudining mazkur ikki qarori noxolislik bilan qabul qilingani, Hikmatulla qori 1 oy davomida qiynoqlarga solingaç, qilmagan işlariga majburan iqror bölgani haqida sözlab bergandi.
Mavzuga oid: Imomning rafiqasi: «Erim MXX xodimiga tanbeh bergani uçun 13 yilga qamaldi»
Kun.uz voqealar rivojini kuzatadi.

















