Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda maymun yosh bolani o‘g‘irlab ketishi ayanchli yakunlandi
Foto: Yulii Pakulinoy
Hindistonning Orissa shtatida maymun mahalliy ayollardan birining uyiga kirib, u yerdan ayolning bolasini olib qochgan. VVS’ning ma'lum qilishicha, bolaning jasadi quduqda aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, ayol bolasini maymun ushlab olganini ko‘rgach, uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Ertasi kuni ayolning yaqinlaridan biri bolaning jasadini yaqin oradagi quduqda aniqlagan.
Shifokorlar bolaning tanasida jiddiy jarohatlar ko‘rishmagan va bola cho‘kkan degan xulosaga kelishgan. Mahalliy aholi maymun bolani tasodifan quduqqa tushirib yuborgan, deb taxmin qilmoqda.
Hozirda politsiya maymunni qidirmoqda.
Huquq-tartibot idoralarida ma'lum qilinishicha, Hindistonda yosh bolalarning maymunlar tomonidan o‘g‘irlanishi juda kamyob hodisa hisoblanadi. Maymunlar odamlarga hujum qilishi yoki yegulik topish maqsadida uylarga kirishi mumkin, biroq bolani o‘g‘irlashi birinchi marta yuz bermoqda.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026