Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda içki işlar xodimlarining yangi formalari xaqida turli ma'lumotlar paydo bölmoqda, köplar öz fikrlarini bildirmoqda. Sababi joriy yilning iyul oyigaça içki işlar xodimlarining yangi formalari töğrisida tegişli hujjat loyihasi işlab çiqarilişi lozim. Şunga qaramasdan, xanuzgaça yangi forma haqida aniq bir rasmiy ma'lumot yöq. Içki işlar xodimlarning formasi - bu ularning, qolaversa, xalqning yuzi va obrösidir, desak mubolağa bölmaydi. Uşbu masalaga öz fikrimizni bildirişga qaror qildik.

Qisqaça tarixga töxtalsak. Birinçi politsiya formasi 1828 yilda London şahri politsiyasi uçun tikilgan edi. Şundan söng, politsiya formasi asta-sekinlik bilan Yevropaga, söngra jahon böylab tarqadi.

Masala va muammo rangdan boşlanadi. Köpçilikka ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Içki işlar xodimlari töq-yaşil rangdagi forma kiyişadi. Har bir sohada örganiş va izlaniş bölgandek, mutaxassislar rang psixologiyasini ham örganişadi. Yaşil rang ösiş, balans, tinçlik, osoyiştalik, atrof-muhit va ösimlik dunyosini anglatadi. «Psychology Today» jurnali ma'lumotiga köra, yaşil rang bu atrof-muhit va ekologiya timsolidir.

Şunday ekan, köplab mutaxassislar fikriça, yaşil rang qonun himoyaçilariga unça töğri kelmaydi. Içki işlar tizimida yaşil formadan nafaqat Özbekistonda, balki boşqa davlatlarda ham foydalanişadi. Masalan, körib turganingizdek Vetnamda jamoat xavfsizligi kuçlari (politsiya) yaşil formada.

Yaşil rangdan Xitoyning qurollangan politsiyasi ham foydalanadi.

Yaqin ötmişda Buyuk Britaniyada olimlari aholi orasida 25 turdagi turli formalarni örganişdi. Şunda aholining aksariyat qismi politsiya formasini xavfsizlik va hamkorlik timsoli deb baholadi.

Rang masalasida odamlarning fikri turliça. Şunga qaramasdan, aksariyat kişilar politsiyani qora va kök rangli kiyimlarda tasavvur qilişadi. Mutaxassislar fikriça, qora rang kuç-quvvat, kök rang xavfsizlik timsolidir. Şuning uçun ham aksariyat davlatlarda politsiyaçilar qora va kök rangdagi formalarni kiyişadi.

Ba'zi psixologlarning fikriça, qora va şu kabi töq ranglar jamiyatga salbiy ta'sir körsatadi, çunki ular yomonlik va noxuşlikni anglatadi. Keyinçalik, statistik ma'lumotlar şuni körsatdiki, yaşil, qizil yoki oç rang kiygan politsiyaçilar qora forma kiygan politsiyaçilardan heç ham farq qilmaydi. Oç ranglar yaxşilik timsoli bölsada, ba'zi davlatlarda jinoyat va korrupsiya körsatkiçlari yuqori darajada saqlanmoqda. Buning ustiga, «Frontiers in Psychology» jurnalida ta'kidlanişiça, qora va kök rang köplab politsiya xodimlarida özlariga bölgan işonç va mas'uliyatni yanada orttiradi.