Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuliya Skripal hodisadan biroz avval bankdagi maxfiy hisob raqamidan foydalanish imkonini qo‘lga kiritgan – OAV
GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Solsberida zaharlanish yuz berishidan bir necha kun avval bankdagi maxfiy hisob raqamidan foydalanish imkonini qo‘lga kiritgan, u yerda 150 ming funt sterling bo‘lgan. Bu haqda The Daily Mirror yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, pullar uning akasi Aleksandrga tegishli bo‘lgan bo‘lib, u o‘tgan yili Sankt-Peterburgda shubhali holatda hayotdan ko‘z yumgandi. Bu pullar unga rafiqasi bilan ajrashgani hamda Buyuk Britaniyadagi uyini sotib yuborganidan so‘ng kelgan.
OAV bu ma'lumotni Sergeyning qarindoshi Viktoriyadan bilib qolgan, u Yuliyani ko‘rgani shifoxonaga kiritiladigan birinchi shaxs bo‘lishi kerak. Aynan u maxfiy hisob raqami haqida aytib bergan, Yuliya undan foydalanish uchun otasidan ishonchnoma olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml yana Skripal ishi bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026