Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyga nisbatan yangi bojlar tayyorlab qo‘ydi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoydan yetkazib beriluvchi mashinalar, uskunalar va boshqa ko‘plab texnikalarga bojlar joriy etishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» AQSh savdo vakolatxonasi boshqarmasining takliflar ro‘yxatiga asosan xabar bermoqda.
Ro‘yxat o‘z ichiga 1,3 mingta pozitsiyani qamrab oladi. Ular orasida – elektrmobillar, mototsikllar, lokomotivlar, kemalar, katerlar, dastgohlar, telekommunikatsiya uskunalari, qator sohalar, jumladan aviatsiya, tibbiyot uchun ehtiyot qismlari, ilmiy qurilmalar, o‘q otar qurol, shuningdek, po‘lat hamda boshqa metallardan tayyorlangan ko‘plab mahsulotlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar kiritmoqchi ekani, yangi bojlar Qo‘shma Shtatlarga importi yiliga 50-60 mlrd dollarni tashkil qiluvchi mahsulotlarga nisbatan kiritilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
11:22 / 23.06.2026