Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avakov Ukraina xalqi qachon oyoqqa turib, hukumatni to‘ntarib tashlashi mumkinligini aytdi
Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning ma'lum qilishicha, agarda Ukraina hukumati gazga tariflarni 35 foizga oshirsa, «xalq hukumatni to‘ntarib tashlaydi». Bu haqda Liga.net xabar bermoqda.
«Ko‘plab xatolar bor. Masalan, XVJ bilan o‘zaro aloqalar, u bizga gazga tariflarni 35 foizga oshirishni taklif etmoqda. Men shunday demoqdaman: ha, albatta, oshirish-ku mumkin. Biroq Ukraina xalqi darhol oyoqqa turadi, hukumatni to‘ntarib tashlaydi. Bundan keyin esa populistlar uchun ovoz beradi, ular yana barini ortga qaytarib qo‘yadi. Hurmatli hamkasblar, siz shularni xohlaysizmi? Men diplomat emasman, shuning uchun eng yuqori darajada to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirishim mumkin», - dedi Avakov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi xalq deputati Yevgeniy Murayev mamlakat to‘rt yil davomida «juda katta bildirilgan ishonchni» yo‘qotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
13:30
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:10
MRB rahbari: Ukrainadagi frontga kelgan rossiyalik yangi askar o‘rtacha 20–30 daqiqa yashaydi
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026