Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti Rossiyaga yangi diplomatlar yuborishni taklif qildi
AQSh Davlat departamenti vakilining ma'lum qilishicha, Rossiya mamlakatdan avval chiqarib yuborilgan diplomatlar o‘rniga yangilarini yuborishi mumkin. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.
«Bunday vaziyatlarda har doim shunday bo‘lgan va bo‘lib qoladi, Rossiya hukumati diplomatik missiyadagi bo‘sh pozitsiyalarga diplomatlar akkreditatsiyasi borasida murojaat qilishi mumkin», - deya ma'lum qilishgan Davlat departamentidan.
Vakilning ta'kidlashicha, yangi diplomatik akkreditatsiyalar uchun har bir murojaat alohida ko‘rib chiqiladi.
«Rossiya bizni mamlakat hududida ishlashi mumkin bo‘lgan diplomatlar umumiy sonini kamaytirish niyatida ekani haqida xabardor etmadi. Shuning uchun bizning taxminlarga ko‘ra, AQSh mamlakatdan chiqarib yuborilgan diplomatlar o‘rnini egallaydigan yangilari akkreditatsiyasiga murojaat yo‘llashi mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Davlat departamenti vakili.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, diplomatik missiyaning avvalgi xodimlari sonini faqat ikki tomonlama asosda to‘ldirish mumkin.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
22:57 / 03.07.2026