Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirollik oilasi vakillariga ustritsa va suv iste'moli taqiqlandi
Parhezshunoslar Britaniya qirollik oilasi a'zolari uchun xorijiy safarlar chog‘ida iste'mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi, bundan maqsad - ularni zaharlanishdan saqlash, deyiladi Independent nashrida.
Taqiqlangan mahsulotlarning birinchi va asosiy guruhiga mollyuskalarning barcha turlari, jumladan, ustritsalar kiritilgan. Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ekspertlarining fikricha, sohil suvlaridagi zararli vibrionlar tufayli ularni xom holatda yeyish xavfli.
"Qora ro‘yxat"dagi keyingi mahsulot xom go‘sht va yaxshi qovurilmagan steyklardir, ularda ham inson organizmi uchun zararli mikroorganizmlar saqlanib qoladi.
Bundan tashqari, qirollik oilasi vakillariga suv quvuridan suv ichish taqiqlandi, hatto u mamlakatda shunday qilish mumkin bo‘lsa ham.
Mavzuga oid
17:26 / 23.06.2026
Britaniyada o‘n yil ichida yettinchi bosh vazir almashmoqda. Qirollikni kimdir o‘nglay oladimi?
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
18:59 / 22.06.2026
Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi
14:24 / 21.06.2026