AQŞning “Rossiya işi” böyiça maxsus prokurori Robert Myuller jamoasi rossiyalik kamida ikki nafar oligarxni söroq qilgan. Bu haqda CNN vaziyatdan taniş manbalarga asosan xabar bermoqda.

Şu bilan birga, söroq qilingan rossiyaliklar ismi oşkor etilmadi. Telekanal ma'lumotlariga köra, tergovçilar ulardan birini Nyu-York aeroportida, u özining şaxsiy samolyotida qönganida söroq qilişgan. Ular uşbu şaxsning elektron qurilmalarini ham közdan keçirişgani aytilmoqda.

Rossiyalik yana bir fuqaro ham AQŞga kiriş çoğida söroq uçun töxtatilgan. Bundan taşqari, Myullerning tergovçilari sönggi vaqtlarda Qöşma Ştatlar hududida bölmagan yana bir oligarxga köngilli ravişda uçraşuv ötkaziş borasida murojaat yöllaşdi.

Telekanal ma'lumotlariga köra, “Rossiya işi” böyiça tergovçilarni oligarxlar Donald Tramp kampaniyasini moliyalaştirişga pul ajratgani bilan boğliq masala qiziqtiryapti – bevosita yoki bilvosita yöl orqali. Ta'kidlanişiça, avvalroq Myuller jamoasi rossiyalik boylarga qiziqayotgani haqida ma'lum qilinmagandi.