Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumanida joylaşgan, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan Xöja Ilğor qişloğida sarkardaning tavallud ayyomiga bağişlangan işlar qizğin olib borilmoqda.

Ayni paytda 6 gektarlik «Amir Temur» boği barpo etilmoqda. Kelgusida uşbu boğning bir qismida Amir Temur muzeyi taşkil etilişi ham rejalaştirilgan.

Boğning bir qismida maydon yasalmoqda, ötovlar tiklanmoqda. Bu yerda 9 aprel kuni Amir Temur tavalludiga bağişlangan telemarafon bölib ötadi. Butun Özbekistondan san'atkorlar kelişi, xalq sayli bölib ötişi kutilmoqda. Qayd etib ötiş joizki, sohibqiron Amir Temur tavalludi ilk bor bunday e'tibor bilan, u tuğilgan qişloqda taşkillaştirilmoqda.

Yakkaboğ tuman hokimi Jahongir Boboyevning hikoya qilişiça, Amir Temur Sohibqiron tavalludi avval boşdan munajjimlar tomonidan başorat qilinadi va Keş yaqinidagi qişloqlarda barça homilador onalar möğullar tomonidan qiliçdan ötkazila boşlanadi. Rivoyatlarga köra, Keş xonligi kallakesarlari kela boşlagaç, sohibqironning volidasi Tekina-xotin Xöja Ilğor qişloği çetidagi qamişzor içiga yaşirinadi va Amir Temur şu yerdagi quduq yaqinida tuğiladi.

«Şu quduq yaponiyalik arxeologlar tomonidan qadimiy xaritalarga köra axtarib topilgan va 1994 yilda yodgorlik örnatilgan. Öşa quduqni tikladik. Undagi suv şifobaxş. Uning tarkibida inson organizmi uçun foydali 17 xildagi elementlar, jumladan, radon borligi aniqlandi», — deydi. J.Boboyev.

Qişloqda milodiy 711 yilda vafot etgan va xalq örtasida Xöja Ilğor nomi bilan tanilgan Xöja Muhammad ibn al-Qosimning ham maqbarasi joylaşgan. Maqbara 2004 yili ta'mirlangan.

Maqbara poyida «Çillabuloq» nomi bilan maşhur çaşmaga közingiz tuşişi mumkin. Aytişlariça, Xöja Ilğor jangda oğir yaralangaç, «meni tuyamga ortinglar va u qayerda töxtasa, öşa yerda dafn qilinglar», deb vasiyat qiladi. U kişining tuyasi şu qişloqqa kelib töxtagaç, uni yuviş uçun suv zarur böladi. Şunda uni qiliçini yerga sançişadi va uşbu buloq hosil böladi, deyilar ekan rivoyatlarda.