Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, Moskva Rossiyadan bölgan tadbirkorlarning AQŞdagi sanksiya röyxatlariga kiritilişi böyiça rasmiy tasdiqlov olmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Siz tilga olgan barça yangiliklar haqiqatdan ham OAVda keça va bugun keng tarqaldi, jumladan, birinçi navbatda anglosakson OAVda. Biroq bu borada biz qandaydir rasmiy tasdiqlov yoki rasmiy bayonotni körmadik. Sizlar bilasizlarki, vaziyat haqiqatdan ham oddiy emas, u juda keskin va şuning uçun, albatta, biz OAV xabarlariga qarab iş köra olmaymiz», - deya aytib ötgan Peskov.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Rossiyada oligarxlar yöqdir.
«Rossiyalik oligarxlar» iborasini qabul qilib bölmas deb hisoblaymiz. Rossiyada oligarxlar bölgan vaqt ança orqada qolgan, Rossiyada oligarxlar yöq», - deya ta'kidlab ötdi Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda rossiyalik oligarxlar söroq qilingani xabar berilgandi.

















