O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlarni tahlil qilish va eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda tadbirkorlarga qulayliklarni yanada oshirish, litsenziyalar va ruxsat berish tartib-qoidalarini keskin qisqartirish va soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Xususan, barcha ruxsatnoma va litsenziyalarni elektron tizim orqali taqdim etish imkonini beradigan “Lisenziya” axborot kompleksini to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan.
















