Rossiya Federatsiyasi Stavropol ölkasida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekistonning 4 nafar fuqarosi halok böldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilişiça, uşbu hodisa yuzasidan Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida «Tezkor raqamlari» oçildi.

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Call-markaziga fuqaro A.Boymatovdan tuşgan ma'lumotga köra, (Özbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasi hududida) 2018 yilning 4 aprel kuni soat 18:39da Rossiya Federatsiyasi, Izobilb şahar okrugining «Stavropol-Novoaleksandrovsk» avtomobil yölida «VAZ-2101» rusumli yengil avtomobili, “Isuzu» rusumli yuk avtomobili bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

YTH natijasida 4 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan.

Vafot etgan fuqarolar:

1. Şuhrat Jumaqulov, 1983 y.t.
2. Mirjalol Tagayev, 1991 y.t.
3. Muhritdin Qarşiyev, 1995 y.t.
4. Bahrom Yunusov, 1988 y.t.

Birlamçi ma'lumotlarga köra, vafot etgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan.

Vafot etganlarning jasadlari Izobil şahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.

Uşbu ma'lumot Rossiya Federatsiyasi favqulodda vaziyatlar boşqaruvi milliy markazi tomonidan tasdiqlangan.