Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hududi 18 kvadrat kilometr atrofidagi kattalikda kengaytiriladi
2017 yilning dekabr oyida O‘zbekiston poytaxti Toshkent viloyatining ayrim tumanlari hisobiga kengaytirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hisobiga Toshkent shahar hududini kengaytirish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqilayotgani aytildi va OAVlarda boshqa tafsilotlar ko‘rinmadi. O‘zA ayni mavzuga oydinlik kiritish maqsadida tegishli idoralar bilan bog‘landi.
O‘zbekiston poytaxti Toshkentni kengaytirish borasidagi tashabbus prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu loyihaga chet eldan tajribali mutaxassis va yirik kompaniyalar jalb etilgan.
Toshkent shahar bosh arxitektori Asomiddin Tojiyevning O‘zA’ga ma'lum qilishicha, yangi Toshkent ma'muriy hududi 18 kvadrat kilometr atrofidagi kattalikda kengaytiriladi. Bu ko‘rsatkich poytaxtga kiritilayotgan hududning tabiiy landshaftidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin. Toshkentning ayni damdagi o‘zgartirilmagan hududi 33,4 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha hozirda hisob-kitob ishlari amalga oshirilmoqda. Poytaxtga kiritilishi ko‘zda tutilgan hududlarda fotos'yomka, geologiya, injyeneriya mutaxassislari ish olib bormoqda. Shuningdek, mazkur yerlardagi gaz, elektr va suv ta'minotlari darajasi ham o‘rganilmoqda. Toshkent shahar bosh arxitektorining aytishicha bu jarayon izchil mehnatni talab etadi va bu qisqa fursat ichida amalga oshiriladigan ish emas.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026