Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tushlik kechiktirilgan bog‘chaning qator mutasaddilari ishdan bo‘shatildi
2 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Bog‘chada tushlik kechikdi – bolalar och uxlab qoldi" mavzusidagi videomaterial tarqalgandi. Maktabgacha ta'lim vazirligi ushbu namoyish etilgan videomaterialda ko‘rsatilgan holatni aniqlash maqsadida tezkor ishchi guruhi tashkil etib, surishtiruv ishlari o‘tkazdi.
Vazirlik Axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu videotasvir Andijon viloyati Xo‘jabod tumanidagi 1-maktabgacha ta'lim muassasasining yozgi oshxonasida 2 aprel kuni soat 11.20 da bog‘cha tarbiyachisi - 1998 yilda tug‘ilgan Z.M. tamonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

O‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 2 aprel kuni haqiqatdan ham bu bog‘chada go‘sht mahsuloti belgilangan vaqtidan kech olib kelinganligi sababli bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun tushlik o‘z vaqtida tayyorlanmagan va tarqatilmagan.
Shu munosabat bilan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani va bog‘cha yozgi oshxonasida antisanitariya holatlarini keltirib chiqargani uchun 1-MTM omborchisi Alisher Ahmedov, bosh oshpaz Ulug‘bek Jalilov hamda oshpaz Abdujalil Sultonovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
Bundan tashqari, o‘z ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun muassasa mudirasi S.Abdullayeva egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi har bir noqonuniy xatti-harakat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, mas'uliyatsiz xodimlarga keskin chora ko‘rilishi haqida yana bir bor ogohlantiradi.
Mavzuga oid

23:42 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:34 / 14.07.2025