Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 marotaba sudlangan ayol tadbirkorning 132 mln so‘mdan ortiq mahsulotlarini o‘mardi
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Real Frukt Produkt” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari S.S.ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi, deb xabar bermoqda Buxoro IIB.
Harakatlar davomida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, Proyektnaya ko‘chasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28-211-moddasi 1-qismi sudlangan A.P. muqaddam 3 marotaba firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi uchun sudlangan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, tuzalish yo‘liga o‘tmasdan, “Real Frukt Produkt” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari S.S.ni aldash va uning ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, uning ishonchiga kirib, 1 hafta davomida to‘lab berish sharti bilan 132,8 mln so‘mlik un mahsulotlarini olib ketib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026