Sudan suvereniteti kengaşi raisi Abdulfettoh al-Burhon AQŞning Sudan armiyasi Tezkor harakat kuçlariga qarşi harbiy amaliyotlar çoğida «kimyoviy qurol qöllagani» haqidagi iddaolarini tekşiriş uçun maxsus komissiya tuzişga qaror qildi.
Sudan Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, Suverenitet kengaşi rahbari Burhon taşqi işlar va mudofaa vazirliklari hamda Boş razvedka xizmati vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzişga qaror qilgan.
«Uşbu qaror Sudanning xalqaro majburiyatlariga, xususan, Kimyoviy qurollar böyiça şartnomaga sodiqligiga hamda Sudan hukumati tomonidan qabul qilingan oşkoralik tamoyiliga muvofiq qabul qilindi, bu esa AQŞ ma’muriyatining Sudan kimyoviy qurol qöllagani haqidagi ayblovlarini rad etadi», deyiladi bayonotda.
22 may kuni AQŞ Davlat departamenti ötgan yili Tezkor harakat kuçlari bilan töqnaşuvlar çoğida Sudan armiyasining «kimyoviy qurol qöllagani» sababli Sudanga qarşi sanksiyalar qöllaş qarorini e’lon qildi.
AQŞ Kongressi Davlat departamentining sanksiyalar 6 iyundan kuçga kirişi haqidagi qaroridan xabardor qilingan.
Sanksiyalar Sudan eksportiga çeklovlar va AQŞ hukumati kreditlariga kirişdagi tösiqlarni öz içiga oladi.
23 may kuni Sudan hukumati AQŞning armiya mamlakatda davom etayotgan mojaroda kimyoviy qurol qöllagani haqidagi «asossiz» va «yolğon» ayblovlarini qat’iyan rad etişini bildirdi.
Sudan hukumati ham AQŞ qarorini keskin qoralab, uni «siyosiy şantaj» deb atadi.













