Amerikalik respublikaçi-senator Jon Makkeyn AQŞ prezidenti Donald Trampni Suriyaning Dumasida yuz bergan ehtimoliy kimyoviy hujumga javoban aniq çoralarni körişga çaqirdi. Bu haqda Media ITE xabar qilmoqda.
«Prezident Donald Tramp ötgan hafta butun dunyoga AQŞ Suriyadan qöşinlarni muddatdan avval olib çiqişi haqida aniq signal berdi. Başar Asad, uning Rossiya va Erondagi ittifoqçilari buni eşitişdi hamda AQŞning harakatsizligini tufayli kuçayişdi. Xabar qilinişiça, Asad bu safar Dumada aybsiz erkaklar, ayollar va bolalarga qarşi kimyoviy quroldan foydalangan», - deya ma'lum qildi Makkeyn.
Şuningdek uning qöşimça qilişiça, AQŞ prezidenti Asad ötgan yilda «kimyoviy quroldan foydalanganida», qat'iy javob qaytargandi.
Uning fikriça, Tramp yana şunaqa qilişi kerak va «Asad öz harbiy jinoyatlari uçun narx tölaşini» körsatib qöyişi lozim.












