O‘zbekiston | 01:10 / 09.04.2018
14169
2 daqiqa o‘qiladi

San'atkorlar har yili Mustaqillik bayrami arafasida Prezident nomidan mukofotlanadi

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi «Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san'atkorlarni hamda o‘zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 271-sonli qarori qabul qilindi.

Huquqiy axborot kanalining sharhiga ko‘ra, ushbu qaror bilan «Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san'atkorlarni hamda o‘zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra:

  • Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo‘shgan san'atkorlar hamda o‘zbek san'atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to‘grisida sertifikat topshiriladi;

Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayottan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:

  • kompozitor, bastakor va san'atshunoslar;
  • teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari;
  • dirijyorlar, baletmeysterlar;
  • musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;
  • doston ijrochiligi namoyandalari;
  • shoir va yozuvchilar;
  • muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar;
  • tasviriy va amaliy san'at vakillari, dizaynerlar.

Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.

Nomzodlarni tavsiya qilish va g‘oliblarni aniqlash hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid