Jamiyat | 13:44 / 09.04.2018
12312
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi uyga o‘t qo‘yib ketishdi, bir inson halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 16 mart kuni  Harakat MFY Tutzor 2-tor ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan B.S.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida uyining pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida B.S.ning 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘li A.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan edi.  

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumani Harakat MFY Tutzor 2-tor ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1996 yilda tug‘ilgan Z.A. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid