Buyuk sohibqiron, davlat arbobi Amir Temurning 682 yilligi O‘zbekistonda o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda - bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar fonida barcha bu sanani a'lo kayfiyatda nishonlamoqda.

9 aprel kuni Amir Temur dunyoga kelgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘iga ko‘plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Qishloqning tarixiy burchagida - Xo‘ja Ilg‘orning markaziy maydoniga ulanib ketgan, buyuk sohibqironning tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy quduq mavjud. Xalqaro Press-klubning Sayyor Press-klub formatidagi "Xo‘ja Ilg‘or: qayta kashf qilingan tarix – yangi sayyohlik yo‘nalishi" mavzuidagi sessiyasi ayni shu makonda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va qator ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Foto: Xalqaro Press-klub
Foto: Xalqaro Press-klub
Foto: Xalqaro Press-klub
Foto: Xalqaro Press-klub

Tadbir xalq sayli formatida bo‘lib o‘tdi. Ajoyib ob-havo, yoqimli his-tuyg‘ular, yam-yashil tabiat - bularning bari Xo‘ja Ilg‘orga tashrif buyurgan har bir mehmonga xushkayfiyat ulashdi. Maydonda Amir Temur yashagan davrni yodga soluvchi milliy hunarmandchilik namunalari, milliy o‘yinlardan lavhalar va etnografik sahnalarni ko‘rish mumkin, o‘tovlar-ku chet ellardan tashrif buyurgan sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

Foto: Xalqaro Press-klub

"Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Amir Temur shaxsiga hurmat, Sohibqiron bobomiz va temuriylar davrini qaytadan kashf qilish, Amir Temur davrining nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo xalqlari davlatchiligida tutgan o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, bu jihatlarning yoshlarimiz hayotidagi tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda,